FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Sentyabr 2022 2886

Mirjalol Qosimovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek futbolining afsonasi Mirjalol Qosimov oʻzining 52 yoshini qarshi olmoqda.

Mirjalol Qoʻshoqovich Qosimov 1970-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Futbol boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon va yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni, XII Osiyo oʻyinlari gʻolibi, 4 karra Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi. Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi. Futbolchilik faoliyati davomida Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Jumladan, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlarining sohibi. Hozirda AGMK klubi bosh murabbiyi. Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Mustaqil Oʻzbekistonning dastlabki 10 yilligidagi (1991-2001) eng yaxshi sportchisi deb tan olingan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Mirjalol Qosimovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech