FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Sentyabr 2022 8231

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida nogironligi boʻlgan hamyurtlarimiz uchun amaliy imtihonlar oʻtkazilmoqda

Yurtimizda Paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilganligi mamlakatimizda Paralimpiya harakatiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yaqqol namunasidir.

Xususan, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, ilk marotaba aynan nogironligi bor yoshlarimiz uchun Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida paralimpiya yoʻnalishi uchun 10 foizlik qabul kvotalari ajratildi.

Bugungi kunda mazkur yoʻnalishda oʻqish istagini bildirgan 300 nafardan ziyod matonatli yoshlarimiz tomonidan hujjatlar topshirilgan boʻlib, 145 nafari imtihon natijalari asosida tanlab olinishi rejalashtirilgan.

Bugun Respublikamizning 5 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida paralimpiya yoʻnalishi boʻyicha 1-kursga kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni boshlandi. Unda Urganch, Qarshi, Navoiy, Nukus hamda Termizda jami 138 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Milliy Paralimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, ushbu imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar Markazning para yengil atletika, para dzyudo, para suzish, para velosport, para akademik eshkak eshish, para pauerlifting va para taekvondo sport turlari boʻyicha 1-kurs talabasiga aylanadi.

Text to speech