15 Sentyabr 2022 1551

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogida kuchlilar o‘z so‘zini aytmoqda

Ma’lum qilganimizdek, ayni kunlardagi Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Qiziqarli o‘tayotgan bellashuvlarda Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov kabi terma jamoa yetakchilari o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlab, oltin medallarni qo‘lga kiritishmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov so‘z olib, ushbu sportning yildan yilga mamlakatimiz yoshlari orasida ommalashib borayotgani, ularning shug‘ullanishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotgani haqida alohida ta’kidladi.

Natijalar:
Ayollar, -55 kg:
1. Nigora Abdullayeva (Buxoro, 82+105kg) - 187 kg
2. Mexriniso Matyoqubova (Xorazm, 73+85kg) - 158 kg
3. Laylo Polvonnozirova (Xorazm, 66+80) - 146 kg

-59 kg:
1. Asalxon Rajabova (Sirdaryo, 70+91kg) - 161 kg
2. Kamila Karimova (Xorazm, 63+78kg) - 141 kg
3. Aziza Isoqjonova (Toshkent vil, 58+70) - 128 kg

Erkaklar, 67 kg:
1. Adhamjon Ergashev (Namangan, 135+170kg) - 305 kg
2. Abdulaziz Alimjonov (Toshkent vil, 121+145kg) - 266 kg
3. Qobiljon Aliyev (Namangan, 116+140) - 256 kg

-73 kg:
1. Doston Yoqubov (Toshkent vil, 135+175kg) - 310 kg
2. Aziz Rahmatov (Surxondaryo, 118+152) - 270 kg
3. Rizo Rustamov (Xorazm, 120+145kg) - 265 kg

Text to speech