FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Sentyabr 2022 2450

MOQ qoshidagi Tibbiyot markazi sportchilar uchun yanada qulay ko‘rinishga kelmoqda

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) faoliyati takomillashtirilmoqda. Hozirda tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan terma jamoalarimiz uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida Markaz ichida ta’mirlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 

Ushbu jarayon tashkilotning ish faoliyatiga ta’sir qilmagan holda olib borilmoqda. MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov RSTIAM direktori Kamol Sirojitdinov bilan ushbu jarayonni yaqindan kuzatib borishmoqda. Mutasaddilar ta’mirlash ishlari yangicha loyiha asosida ketayotganini nazorat qilishar ekan, ular tomonidan ish sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berilmoqda. 

Rejaga ko‘ra, Markazning kirish qismi va ba’zi qavatlari yangidan jihozlanadi. Bundan murojaatchilar ko‘paygan vaqtda uzun navbatlarning oldini olish, kutish zalidagi tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bemorlarni ro‘yxatga olish ham raqamlashtiriladi.

Text to speech