FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Sentyabr 2022 3024

Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek sporti, xususan, ogʻir atletikasining yorqin vakillaridan biri Shahrullo Mahmudov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Shahrullo Mahmudov 1970-yil 13-sentyabr kuni Buxoro viloyatida tugʻilgan. Hayotini jismoniy tarbiya va sport, sogʻlom turmush tarziga baxshida qilgan mutaxassis uzoq yillar Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasida Bosh kotib, 2013-yildan esa federatsiya raisining birinchi oʻrinbosari, joriy yildan Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. Shahrullo Sharipovich bir vaqtning oʻzida Osiyo ogʻir atletika federatsiyasining vitse-prezidenti ham hisoblanadi.

Qayd etish joiz, yurtimizda Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportga koʻrsatilayotgan eʼtibor natijasida oʻzbek ogʻir atletikasi dunyoda oʻz oʻrniga ega boʻldi. Mamlakatimizdan Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionlari, rekordchilari, Osiyo oʻyinlari gʻoliblari yetishib chiqdi va soʻnggi yillarda ushbu sport mamlakatimizda juda katta oʻsishga erishdi. Jumladan, soʻnggi 2 Olimpiya oʻyinlari Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiadalarida atletlarimiz rekord natijalar bilan oltin medallarga sazovor boʻlishdi. Bularda Shahrullo Sharipovichning ham xizmatlari ulkan.

Oʻzbek ogʻir atletikasining rivoj topishida koʻrsatayotgan xizmatlari uchun Shahrullo Mahmudov davlatimiz tomonidan 2002-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni, 2016-yil “Mehnat shuhrati”, 2021-yil I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Shahrullo Mahmudovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech