FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Sentyabr 2022 2363

Rishod Sobirovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek va jahon dzyudosining yorqin vakillaridan biri Rishod Sobirov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rishod Sobirov 1986-yil 11-sentyabr kuni Buxoroda tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarining sovrindori. 2010-yil Tokio va 2011-yil Parijda oʻtkazilgan jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida jahon chempioni, shuningdek, 2015-yil Astana (Nur-Sultan)da oʻtgan dunyo birinchiligining bronza medali sohibi. 2011-yil jahonning eng yaxshi dzyudochisi nomini qoʻlga kiritgan. Rishod Sobirovning mana shunday muvaffaqiyatlari davlatimiz tomonidan “El-yurt hurmati” ordeni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rishod Sobirovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech