9 Sentyabr 2022
1170
Bokschilarimiz kubalik murabbiylar bilan birinchi yig'inni boshlashdi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Yangiobod bazasida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Ahamiyatlisi, bu jamoamizda yaqinda faoliyatini boshlagan kubalik mutaxassislar bilan oʻtkazilayotgan ilk yigʻindir. Mashgʻulotlarga asosiy tarkibga daʼvogar barcha bokschilar jalb etilgan. Mazkur yigʻin oktyabr-noyabr oylarida Iordaniyada oʻtadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi boʻlib xizmat qiladi.