FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
9 Sentyabr 2022 2180

Sharofiddin Lutfillayevni tabriklaymiz!

Bugun Surxon oʻlkasining taniqli polvoni Sharofiddin Lutfillayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sharofiddin Lutfillayev 1990-yil 9-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha 2019-yil Tokio shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida -60 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 5 karra Gran-pri turnirlari gʻolibi, 6-marta “Katta dubulgʻa” va 3 karra “Masters” tasnifidagi musobaqalar sovrindori sanaladi. Mazkur muvaffaqiyatlari evaziga yurtboshimiz tomonidan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida -60 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Hozirda oʻzi tugʻilib oʻsgan hududda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sharofiddin Lutfillayevni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech