8 Sentyabr 2022 1020

Shuhrat Salayevni tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shuhrat Salayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Shuhrat Salayev 1998-yil Xorazmda tavallud topgan. Sportchimiz soʻnggi yillarda katta oʻsishga erishdi. Mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgach bir qator xalqaro musobaqalarda muntazam gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelmoqda. Ayniqsa, bu yil Salayev uchun sermahsul oʻtdi. 2022-yil ham yakkalik, ham klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati, “Fajr Open” musobaqasi hamda Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida oltin, Rim shahrida oʻtgan Gran-pri turnirida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Shuhrat Salayevni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech