FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Sentyabr 2022 2291

Sportchilarimizning genetik va fenotipik imkoniyatlarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sportchilarning genetik va fenotopik imkoniyatlarini o‘rganib, ularga ratsional ovqatlanish hamda mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar berish masalasi bo‘yicha ishlashda davom etmoqda.

Mazkur yo‘nalish atletlarimizning muvaffaqiyatga erishishi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 maydagi «2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida»gi PQ-234-sonli Qarorda ham bu mavzu bo‘yicha alohida topshiriqlar berilgan.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari ushbu yo‘nalishda doimiy izlanishlar olib borishmoqda. Jumladan, markazda «Olimpik» futbol klubi, qilichbozlik va ot sporti bo‘yicha terma jamoalar a’zolari ana shunday tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek, mutaxassislar og‘ir atletika va yengil atletika terma jamoalarining bazalariga borib, mashg‘ulot jarayoniga halal bermagan holda tahlil olishmoqda.

Sportchilarimizning genetik va fenotopik imkoniyatlarini o‘rganish ishlari sentyabr oyi mobaynida barcha terma jamoalar miqyosida tasdiqlangan ro‘yxat asosida davom ettiriladi.

Text to speech