FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Sentyabr 2022 2306

Denis Istominni tabriklaymiz!

Bugun tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Denis Istomin tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Istomin Denis Olegovich 1986-yil 7-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahrida tavallud topgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Jahon tasnif jadvalida 2013-yil 33-oʻringacha koʻtarilgan. 2017-yil Avstraliya ochiq chempionatida toʻrtinchi davragacha yetib borgani va bu yoʻlda serbiyalik Novak Jokovichni magʻlub etgani oʻsha yilning eng koʻp muhokama qilingan voqeliklaridan boʻlgan. 2015-yil Nottingem, 2017-yil Chendu shahrida oʻtgan ATR tasnifidagi musobaqalar gʻolibi. London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Tennischimiz hisobida Osiyo oʻyinlarining 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bor. Ushbu natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Denis Istominni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech