FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Sentyabr 2022 2195

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi jahon chempionatlarida tarixiy natija koʻrsatgan yosh sportchilarni mukofotladi

Yaqinda dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari mos ravishda Bosniya va Gersegovina hamda Ekvadorda oʻtkazilgan jahon chempionatlarida munosib tarzda qatnashib, tarixiy natija bilan yurtimizga qaytib kelishgan edi. Yosh dzyudochilarimiz Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Tadbirda MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, sportchilarimiz va ularning yaqinlari ishtirok etishi.

Eslatib oʻtamiz, Tohir Fayziyev murabbiyligidagi oʻsmirlarimiz dunyo birinchiligida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida dunyoning 60 davlati orasida 4-oʻrinni egalladi. Jamoaviy mikst bahslarida esa ilk bor bronza medali qoʻlga kiritilgan.

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi esa Ekvador davlati mezbonligida oʻtgan jahon chempionatida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan joy olgan.

Federatsiya rahbariyati marosimda sportchi va murabbiylardan tashqari shifokor hamda massajchilarni eʼtibordan chetda qoldirmay, ularni ham pul mukofotlari bilan taqdirladi.

Text to speech