FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Sentyabr 2022 3477

6-sentyabr – Butunjahon kurash kuni

Bugun oʻzbek milliy kurashi butun dunyo boʻylab oʻz bayramini nishonlamoqda. Bir necha yildan buyon ushbu sana norasmiy bayram sifatida nishonlab kelingan boʻlsa, 2017-yilga kelib “6-sentyabr – kurash milliy sport turi kuni” sifatida rasman tan olindi va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.

Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida Milliy federatsiyalar tashkil qilingan. Oʻz navbatida, milliy sportimiz tobora yirik kompleks musobaqalar dasturidan muqim oʻrin olmoqda. Jumladan, 2017-yil Turkmanistonda oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari, 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlari, 2022-yil “Osiyo bolalari” xalqaro sport musobaqasida mazkur sport turi boʻyicha bahslar oʻtkazildi. Kelgusida Islom birdamligi oʻyinlari dasturida ham kurashni koʻramiz. Bu yoʻlda barchamizning ezgu maqsadimiz, shubhasiz, oʻzbek milliy kurashini Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritishdir.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi yurtimiz va butun dunyodagi kurash oilasini bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi.

Text to speech