FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Sentyabr 2022 2324

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi "Osiyo bolalari"da sovrindor bo‘lgan yosh sportchilarini munosib taqdirladi

Xabaringiz bor, shu yilning 27 iyul - 8 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida "Osiyo bolalari" VII xalqaro o‘yinlari tashkil etilgandi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston sambo terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘shib qo‘yishgandi.

Mazkur natija O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi tomonidan ham e’tirof etildi. Bugun musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi. Unda Alisher Alimov boshchiligidagi assotsiatsiyasi
mutasaddilari, sovrindor sportchilar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.

Sportchilarni tabriklar ekan, Alisher Alimov ushbu medallar terma jamoamiz uchun muhim ahamiyat kasb etgani, navbatdagi musobaqalarda sambochilarimizdan bundanda yuksak natijalar kutilishini alohida qayd etdi.

Shundan so‘ng sambochilarimizga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, "Osiyo bolalari"da quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo‘lishgandi:

Oltin:
-58 kg: Islom Abduzokirov

Kumush:
-44 kg: Diyora Namozova
-54 kg: Fotima Musayeva

Bronza:
-41 kg: Bibixonim Odilova
-47 kg: Shaxzoda Sadullayeva
-46 kg: Nemat Xudayberganov
-49 kg: Asadbek Matyakubov
-64 kg: Azamat Ablokulov
-79 kg: Diyerbek Kuchkanov

Text to speech