FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Sentyabr 2022 2580

Timur Kapadzeni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek futbolining yorqin vakillaridan biri, hozirda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan Timur Kapadze tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Timur Taxirovich Kapadze 1981-yil 5-sentyabr kuni Fargʻonada tugʻilgan. U Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi safida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi hisoblanadi. “Neftchi”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari safida 12 bor Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. Ayni vaqtda Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoaci va “Olimpik” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. MOQ qoshida yangi tashkil etilgan klub bilan yosh mutaxassis 1 mavsumning oʻzida Superliga yoʻllanmasini hal qildi. Joriy yil mamlakatimizda oʻtgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oʻz shogirdlari bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Yosh iqtidorli murabbiy ushbu muvaffaqiyatlari evaziga Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Timur Kapadzeni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech