4 Sentyabr 2022 1171

Jasur Boyqo‘ziyevni tabriklaymiz!

Bugun o‘zbek taekvondosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli sportchimiz Jasur Boyqo‘ziyev tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

Jasur Boyqo‘ziyev 1986 yil 4 sentyabr kuni Angrenda tavallud topgan. -87 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan taekvondochimiz 4 bora Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan. Shuningdek, uning hisobida 2015 yilgi jahon chempionatining kumush, 2014 yilgi Osiyo o‘yinlarining oltin medali bor. Jasur Boyqo‘ziyev 2014 yil o‘zbekistonlik taekvondochilar orasida Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan ilk atlet sifatida o‘zbek sporti tarixidan joy olgan. Ushbu natijalari evaziga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Jasur Boyqo‘ziyevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi.

Text to speech