30 Avgust 2022 1389

O‘zbek sportining fidoyilari davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, yoshlarimizni yurtimizga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Ular orasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va “Olimpik” klubi bosh murabbiyi, yaqin o‘tmishimizning yorqin futbolchisi Timur Kapadze «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Qayd etish joiz, bu yil T.Kapadze qo‘l ostidagi jamoamiz mamlakatimizda o‘tgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Yosh yigitlardan tashkil topgan “Olimpik” klubi esa “Coca Cola” superligasida mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelmoqda.

Shuningdek, Konya-2021 Islom birdamligi o‘yinlarida 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lgan velosportchimiz Olga Zabelinskaya «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan sport sohasi vakillarining to‘liq ro‘yxati:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan
Kapadze Timur Taxirovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va «Olimpik» futbol klubi bosh murabbiysi
Muminov Vladimir Murzanovich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport bo‘limi murabbiysi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan
Zabelinskaya Olga Sergeyevna - Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining velosport bo‘limi sportchisi

“Do‘stlik” ordeni bilan

Katayeva Vera Sergeyevna - Qarshi shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi, Qashqadaryo viloyati

Fayzullayeva Elmira Tulkunovna - Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sinxron suzish bo‘limi murabbiysi

Xayretdinova Farida Faritovna - Andijon olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining voleybol bo‘yicha murabbiysi, Andijon viloyati

Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiysi

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Umbarov Salim Shukurovich - Farg‘ona viloyati sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining kamondan o‘q otish bo‘yicha murabbiysi

Cheprunova Lyubov Nikolayevna - Respublika oliy o‘smirlar sport mahorati maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

Shakirov Roman Ildarovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sambo bo‘limi katta murabbiysi

Yusupov Norkuli Tursunovich - O‘zbekiston bel olish va uchkurash assotsiatsiyasi raisi

«Shuhrat» medali bilan

Tog‘oyev Maxmud Abdulloyevich - Navoiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiysi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan barcha hamyurtlarimizni, xususan, sport sohasi vakillarini samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatlarida ham ulkan yutuqlar tilab qoladi.

Text to speech