FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Avgust 2022 2130

Fargʻonada bir guruh sport faxriylariga koʻkrak nishonlari topshirildi

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov Respublikamizdagi sport faxriylarining holidan xabar olish, ularning ijtimoiy ahvolini oʻrganish boʻyicha Fargʻona viloyatiga tashrif buyurdi. B.Maxsitov bir necha kun davomida viloyatdagi ommaviy sport musobaqalarida qatnashish barobarida fargʻonalik qator fidoyilarga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishonlarini topshirdi.

Fargʻona vodiysida mashhur boʻlgan Tursunali polvon Mamajonov, shuningdek, boshqa koʻplab nuroniylarning xonadoniga tashrif davomida ularning holidan xabar olinib, har bir sport faxriylari davlatimiz tomonidan eʼtiborda boʻlishi taʼkidlandi.

Qolaversa, Bahodir Maxsitovich xizmat safari davomida Fargʻonadagi yopiq tennis kortining ochilish marosimida ham qatnashdi. Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov bilan Fargʻonada sport faxriylarining holidan muntazam xabar olib turish, ulardagi ulkan tajribani yosh sportchimizga ulashish kabi mavzular boʻyicha fikr almashildi.

Tashrif yakunida fargʻonalik bir guruh fidoyilar uchun dasturxon yozilib, ularga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishonlari topshirildi. Oʻz oʻrnida, nuroniylarimiz davlatimiz tomonidan koʻrsatilayogtan gʻamxoʻrlikdan mamnun boʻlib, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun duo qilib qoldilar.

Text to speech