27 Avgust 2022 1547

Karim Toʻlaganovni tabriklaymiz!

Bugun Olimpiya oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan birinchi bokschimiz, Atlanta-1996 Olimpiadasi bronza medali sohibi Karim Toʻlaganov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Karim Toʻlaganov 1973-yilning 27-avgustida Toshkent viloyatida tavallud topgan. Atlanta-1996 Olimpiadasidagi bronza medalidan tashqari u Osiyo chempionati va Markaziy Osiyo oʻyinlarida ham shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Karim Toʻlaganov mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach Olimpiya oʻyinlarida sovrindorlar qatoridan joy olgan birinchi bokschimiz sifatida tarixga kirgan.

Koʻrsatgan natijalari uchun davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Bugungi kunda hakamlik faoliyati bilan shugʻullanmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Karim Toʻlaganovni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech