26 Avgust 2022 2168

Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, Oybek Omilovich!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Oybek Kasimov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oybek Omilovich Kasimov 1980-yil Toshkentda tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan. Shundan soʻng Oybek Omilovich oʻz faoliyatini sport bilan bogʻladi. Dastlab “Paxtakor” futbol klubi va Toshkent shahar futbol federatsiyasi rahbariyatida turli lavozimlarda, keyinchalik Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida samarali faoliyat olib bordi. Shuningdek, u Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston tekbol federatsiyasi raisi sifatida yurtimizda ommaviy sport targʻibotini kuchaytirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida delegatsiyamizning muvaffaqiyatli ishtirokida Oybek Omilovichning ham hissasi katta. Yurtimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish, yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari evaziga 2016-yilda davlatimiz tomonidan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oybek Kasimovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech