FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Avgust 2022 3375

Islom birdamligi oʻyinlarining qahramonlari munosib taqdirlanishdi

Bugun Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan V Islom birdamligi oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, shuningdek, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy Paralimpiya qoʻmitasining mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirni Abdujabbor Abduvohidov ochib berar ekan, davlatimiz rahbari ular qayd etgan natijadan mamnun ekanliklari, Prezidentimiz tomonidan sportchilarimizga bundan keyin ham doimo mana shunday yuqori eʼtibor berilishini taʼkidladi. Murosasiz kechgan bahslarda atletlarimiz koʻrsatgan jasorat uchun tashakkur bildirib, ularga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, tadbirda Adham Ikramov jamoamizni erishilgan gʻalaba bilan qutlab, bu yoʻlda xizmat qilgan delegatsiyamizning har bir vakiliga minnatdorchilik bildirdi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, V Islom birdamligi oʻyinlari gʻoliblari 5 ming, kumush medal egalari 3 ming va bronza medali sovrindorlari 2 ming AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Oʻz navbatida, sportchilarimiz davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, kelgusida ham xalqaro maydonda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishga vaʼda berishdi.

Text to speech