FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Avgust 2022 2167

Paralimpiyachilarimizning yuksak matonati qarshisida bosh egamiz

Turkiyaning Konya shahri shu kunlarda Islom olamining sport markaziga aylandi. Ushbu nufuzli musobaqada haqiqiy matonat egalari bo‘lgan Paralimpiyachilarimiz ham munosib ishtirok etishdi. 

Jumladan, 4 ta para sport turida jami 7 nafar ishtirokchi bilan Turkiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi yakunda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘lgan holda, bor kuch-g‘ayratini ishga solib, Vatanga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyon qildi. Bu shubhasiz muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda Paralimpiya harakatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol namunasidir.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, V Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi yosh va yangilanlan tarkibda ishtirok etdi. Bu esa oldinda bizni yorqin g‘alabalar kutayotganidan dalolatdir!

Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonasi arafasida qo‘lga kiritilgan ushbu yutuqlar Yangi O‘zbekiston yoshlari zabt etayotgan yangi marralarning boshlanishidir!

Text to speech