17 Avgust 2022 1201

Diyorbek O‘rozboyev va Nozima Qayumovani tabriklaymiz!

Bugun mahoratli dzyudochimiz Diyorbek O‘rozboyev va para-atletikachimiz Nozima Qayumova o‘z tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Diyorbek O‘rozboyev 1993 yil 17 avgust kuni tug‘ilgan. Dzyudo bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari va 2017 yil Budapeshtda o‘tgan jahon chempionatining bronza medali sohibi. 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz hisobiga oltin medal keltirgan. Bir necha bor Gran-pri, “Katta dubulg‘a” va Masters seriyalariga kiruvchi musobaqalarda shohsupaga ko‘tarilgan. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni sohibi.

Nozima Qayumova 1992 yil 17 avgust kuni dunyoga kelgan. Para-yengil atletikaning F13 toifasida nayza uloqtirish bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qiladi. 2016 yil qator Gran-pri va boshqa nufuzli musobaqalarda, shuningdek, Braziliyada o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2017 yil jahon chempionatida kumush, 2019 yil bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida esa delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim qilgan. Ko‘rsatgan natijalari evaziga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Diyorbek O‘rozboyev va Nozim Qayumovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech