15 Avgust 2022 1060

Konya-2021: Bugun Olimpiada chempionlari o‘zlari uchun yangi musobaqada g‘olib bo‘lishadimi?

Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilayotgan V Islom birdamligi o‘yinlari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugun vakillarimiz bir qator sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Jumladan, og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev o‘zlari uchun yangi musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishga bel bog‘lashgan. Bugun startga chiqadigan hamyurtlarimiz ro‘yxati bilan tanishing:

Og‘ir atletika: Tursunoy Jabborova (-87 kg), Sharofiddin Amriddinov (-102 kg), Ruslan Nurudinov (-109 kg), Akbar Jo‘rayev (+109 kg)

Qilichbozlik: Roman Aleksandrov, Nodirbek Mo‘minov, Javohir Nurmatov (shpaga), Umida Ilyasova, Kamila Mirzayeva, Ilayda Gedikli, Marjona Usmonova (rapira), Zaynab Dayibekova, Paola Pliyego, Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova (jamoaviy sablya)

Dzyudo: Kemran Nurillayev (-60 kg), Sardor Nurillayev (-66 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), Sita Qadamboyeva (-52 kg), Shahram Ahadov (-73 kg), Nilufar Ermagambetova (-57 kg)

Para stol tennisi: Rasul Atamurodov

Suzish: Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko (50 m erkin), Iskandar Sadullayev va Vladislav Mustafin (100 m brass), 4x200 m estafeta (erkaklar), Ulyana Nazmutdinova (200 m chalqancha), Yegor Petryakov (400 m kompleks), Afsona Niyazova (1 500 m erkin), Olimjon Odilov (100 m brass)

Basketbol 3x3 ayollar: O‘zbekiston – Mali, O‘zbekiston – Uganda

Kamondan otish: Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuy

An’anaviy turk kamoni: Dilnoza Ahmadjonova, Flyura Raimbekova, Yusuf Ahmadjonov, Abbosjon Minavarov

Stenddan otish: Bekzod Abdurahimov, Behruz Sharipov (skit).

Text to speech