14 Avgust 2022 813

Konya-2021: Sunnatilla O’sarov chiqishini 3 ta medal bilan tugatdi

Og’ir atletikachimiz Sunnatilla O’sarov Islom birdamligi o’yinlarida ishtirokini yakunladi. -96 kg vazn toifasida ishtirok etgan O’sarov siltab ko’tarishda 190 kg bilan bronza va ikki kurash yakunida 354 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi. Hamyurtimizning umumiy natijasi 354 (164+190) kgni tashkil etdi. Bungacha u dast ko’tarishda ham bronza medalini naqd qilgan edi.

Text to speech