FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Avgust 2022 2583

Shifokorlarimizning sa’y-harakatlari bilan atletlarimiz barcha bahslarga shay chiqishmoqda

Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Taekvondo bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori Ulug‘bek Rashitov o‘ziga xos iroda ko‘rsatib, oltin medalga ega chiqdi.

Gap shundaki, chorak final bahsida Rashitovning eronlik raqibi unga qarshi taqiqlangan zarbani qo‘lladi. Kuchli zarbadan so‘ng, ko‘pchilik Ulug‘bekning kurashni davom ettira olishidan havotirda edi. Ammo Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari Olimpiya chempioni hisoblangan musobaqa favoritiga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatib, uni kurashga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi va o‘ziga xos tarzda ushbu oltin medalning qo‘lga kiritilishida muhim rol o‘ynadilar. Sportchimizning holati haqida Tibbiyot markazi mutaxassislari quyidagicha javob berishdi:

"Ulug‘bek Rashitov musobaqa davomida tovon sohasi, axil payi birikkan nuqtadan jarohat oldi va buning natijasida sportchimiz kuchli og‘riqni his qildi. Taekvondochimizga kelgusi bosqichlarda dayanga chiqishi uchun «Game Ready» muzlatuvchi uskuna, lazer, ultratovush hamda boshqa bir qator usullarni qo‘llagan holatda tibbiy yordam ko‘rsatildi".

Natija esa barchaga ma’lum, Ulug‘bek Rashitov barcha bellashuvlarda raqiblaridan har tomonlama ustun ekanini ko‘rsatib, delegatsiyamizga muhim oltin medalni taqdim qildi.

Text to speech