9 Avgust 2022 1365

Konya-2021: Taekvondochilarimiz ham bahslarni boshlashdi

Islom birdamligi o’yinlari doirasida taekvondo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi ham o’z ishtirokini boshladi. Ayni paytga kelib Madina Mirabzalova (-57 kg) ilk bellashuvni muvaffaqiyatli o’tkazdi va chorak finalga yo’l oldi. -54 kgda Jahongir Xudoyberdiyev eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Oldinda Charos Qayumova (-53 kg) hamda Diyor Mahkamovning (-58 kg) ishtirokidagi bellashuvlar kutib turibdi.

Charos Qayumova (-53 kg) ilk bellashuvni albaniyalik raqibasiga qarshi oʻtkazib, ishonchli gʻalabaga erishdi. Afsuski, Doniyor Mahkamov (-58 kg) murosasiz bellashuvda qozogʻistonlik raqibidan magʻlubiyatga uchradi. Taekvondo bellashuvlarini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrin oʻrinbosari, Oʻzbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov bevosita arenadan kuzatib borishmoqda.

Text to speech