FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Avgust 2022 2756

“Osiyo bolalari" oʻyinlarining uch karra gʻolibi Rustam Abdullayev ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

Rossiyaning Vladivostok shahrida oʻtkazilayotgan “Osiyo bolalari” VII xalqaro sport oʻyinlari doirasida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda “Osiyo bolalari” Xalqaro qoʻmitasi rahbari Vladimir Maksimov, musobaqa direksiyasi direktori Elmir Valitov, shuningdek, bir qator sport turlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan atletlar qatnashishdi. Eʼtiborlisi, tashkiliy qoʻmita taklifiga binoan, tadbirda yengil atletika bahslarida 3 bor oltin medalga sazovor boʻlgan hamyurtimiz Rustam Abdullayev ham ishtirok etdi.

Anjumanda Vladimir Maksimov Oʻzbekiston delegatsiyasining umumjamoa hisobida ikkinchi oʻringa koʻtarilib olganini alohida taʼkidlab, musobaqada ishtirok etayotgan boshqa jamoalarga ham omad tilab oʻtdi.

Tadbirda yosh sportchilar bellashuvlardan olgan taassurotlari, doʻstona raqobat haqida gapirib oʻtishdi. Oʻz oʻrnida, Rustam Abdullayev davlatimiz tomonidan mazkur oʻyinlarga munosib tayyorgarlik koʻrish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgani, tashkiliy ishlar yuqori darajada yoʻlga qoʻyilgani, mezbonlar tomonidan jamoamiz uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingani haqida gapirib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa 8-avgustga qadar davom etadi.

Text to speech