FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Iyul 2022 2977

Oʻzbekiston uchun ilk Olimpiada medalini taqdim qilgan Armen Bagdasarov 50 yoshda!

Bugun mustaqil Oʻzbekistonning yozgi Olimpiadalardagi birinchi sovrindori, dzyudo ustasi Armen Bagdasarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Armen Yuryevich Bagdasarov 1972-yil 31-iyul kuni Toshkentda tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Atlanta-1996 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi. Eʼtiborlisi, aynan ushbu medal mustaqil Oʻzbekistonning yozgi Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritgan ilk yutugʻi hisoblanadi. Armen Yuryevich koʻp yillar davomida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyatida samarali mehnat qilgan. Hozirda Xalqaro dzyudo federatsiyasida Hakamlar hayʼati direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari hamda “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Armen Bagdasarovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech