FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Iyul 2022 2590

Ilk bor taekvondochi qizimiz jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning ilk kunida o‘zbekistonlik besh nafar taekvondochi dayanga chiqqan va beshta bronza medali qo‘lga kiritilgandi.

Dunyo birinchiligining ikkinchi kunida vakillarimiz yana uchta medalga ega chiqishdi. E’tiborlisi, Laylo Hasanova barcha raqibalarini taslim etdi va qizlarimiz orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek taekvondochisi bo‘ldi.

O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi ikki kun ichida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza, jami 8 ta medal qo‘lga kiritdi va o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etib turibdi. Musobaqa davom etadi. Ikkinchi kun dasturida shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz:

Oltin medal:
-41 kg: Laylo Hasanova
Kumush medal:
-33 kg: Dilmurod Ma’rufjonov
Bronza medal:
-47 kg: Sofiya Xan

Text to speech