28 Iyul 2022 844

Ishchi guruhning oʻrganish ishlari Qashqadaryoda davom etdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Joʻrayev, Agentlik boʻlim boshliqlari N.Azamatova va Sh.Mavlonovlar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, soha boʻyicha oʻrganish ishlarini olib borgani haqida maʼlum qilgan edik. Ishchi guruh bugun Qashqadaryo viloyatida oʻz vazifasini davom ettirdi.

Viloyatga tashrifdan koʻzlangan maqsad olis hududlarda sportga berilayotgan eʼtibor qay darajada ekanligini bilish, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda antidoping sohasidagi bilimlarini mustahkamlash borasida oʻrganish ishlarini olib borishdir.

Shu maqsadda Qashqadaryodagi Gʻuzor va Kasbi tumanlaridagi BOʻSM, Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari, Qarshi Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Joʻrayev mazkur sport taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik va qabul jarayonlari bilan tanishdi. Oʻz navbatida, Vazirlik xodimi mutasaddilarga kerakli tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Tashrif yakunida viloyatdagi barcha sport taʼlim muassasasi rahbarlari va tuman boʻlim boshliqlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn yigʻilish oʻtkazilib, oldinda turgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga kerakli topshiriqlar berildi.

Text to speech