27 Iyul 2022 1643

Dzyudochilarimizning Osiyo chempionatida qatnashadigan tarkibi aniq

4-7 avgust kunlari Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning eng kuchli 21 ta terma jamoasi o‘rtasida kechadigan musobaqada 18 nafar sportchi bilan to‘liq tarkibda g‘oliblik uchun bahs olib boramiz. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

-60 kg: Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-73 kg: Obidxon No‘monov
-81 kg: Ramazon Allaberdiyev
-90 kg: Shermuhammad Jandreyev
-100 kg: Otabek To‘rayev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
-48 kg: Gulnur Muratbayeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Nilufar Ermagambetova
-63 kg: Farangiz Hojiyeva
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Fotima Quramboyeva

Text to speech