FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Iyul 2022 2555

Qoraqalpoq zaminidan yangi Sharofiddin Boltaboyevlarni tarbiyalaymiz

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan Nukus shahrida murabbiy va dzyudochilarga seminar mashgʻuloti tashkil etildi. Uni xalqaro toifadagi hakam, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi hakamlar hayʼati raisi Bahodir Uzakbergenov hamda federatsiya yetakchi mutaxassisi Abbos Yunusxoʻjayev olib borishdi. Mutaxassislar seminar davomida qonun-qoidalardagi soʻnggi oʻzgarishlar haqida atroflicha maʼlumot berishdi. Oʻzgarishlar amaliy mashgʻulotlar asosida koʻrsatib berildi.

Uchrashuvda turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionatlarida qoraqalpogʻistonlik hakamlarning ishtirokini taʼminlash, Amudaryodan yetishib chiqqan Sharofiddin Boltaboyev singari terma jamoa aʼzolari sonini koʻpaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Seminar soʻnggida Qoraqalpogʻiston dzyudo federatsiyasi rahbari Barlikbay Jeymuratov hamda Hakamlar hayʼati raisi Gʻayrat Bayniyazovga esdalik sovgʻasi topshirildi.

Text to speech