26 Iyul 2022 1253

Surxondaryo viloyatidagi taʼlim muassasalarida oʻrganish ishlari olib borilmoqda

Shu kunlarda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Joʻrayev, Agentlik boʻlim boshliqlari N.Azamatova va Sh.Mavlonovlar Surxondaryo viloyatida boʻlib turishibdi. 

Tashrifdan koʻzlangan maqsad olis hududlarda sportga berilayotgan eʼtibor qay darajada ekanligini oʻrganish, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda mahalliy mutaxassislarning antidoping sohasidagi bilimlarini mustahkamlash hisoblanadi.

Mutasaddilar dastlab Termiz shahar Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida boʻlishdi. U yerda sportchilarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shundan soʻng, Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Jarqoʻrgʻon BOʻSM hamda Termiz shahrida joylashgan dzyudo federatsiyasi qoshidagi maktab faoliyatini oʻrganishdi.

Rejaga muvofiq, oʻquv-seminar ham tashkil etildi va sportchilar, sport shifokorlari hamda murabbiylarga antidoping qoidabuzarlik turlari boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Surxondaryoga tashrif yakunida viloyatdagi barcha sport taʼlim muassasasi rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish davomida mutasaddi rahbarlarga kerakli tushuntirish ishlari olib borildi va tavsiyalar berildi.

Text to speech