Og‘ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
17-25 iyul kunlari Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Qit’amizning 21 mamlakati vakillari bahs olib borgan musobaqada jamoalariz ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida umumiy hisobda peshqadamlik qildilar.
Bellashuvlar yakunlangach, musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Vazir o‘rinbosari Murodjon Ismoilov va Vazir maslahatchisi Avazbek Karimov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Ravshan Irmatov, Azizjon Kamilov hamda Sherzod Tashmatov ishtirok etib, barcha yo‘nalishda sovrindor bo‘lgan jamoalarni qutlashdi. Quyida chempionat yakunlari bo‘yicha eng yaxshi jamoa va sportchilar, o‘rnatilgan rekordlar bilan tanishasiz:
Yoshlar toifasida:
Yigitlar:
1. O‘zbekiston
2. Eron
3. Qozog‘iston
Qizlar:
1. Vetnam
2. O‘zbekiston
3. Hindiston
Umumiy hisobda:
1. O‘zbekiston
2. Qozog‘iston
3. Vetnam
O‘zbekiston terma jamoasining jami qo‘lga kiritgan medallari: 12 ta oltin, 4 ta kumush va 16 ta bronza.
Bellashuvlarda 2 ta Osiyo va 1 ta yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordi o‘rnatildi.
Eng yaxshi erkak sportchi: Do Tu Tong (Vetnam)
Eng yaxshi ayol sportchi: Vanessa Sarno (Filippin)
O‘smirlar:
Yigitlar:
1. O‘zbekiston
2. Saudiya Arabistoni
3. Qirg‘iziston
Qizlar:
1. O‘zbekiston
2. Hindiston
3. Vetnam
Umumiy hisobda:
1. O‘zbekiston
2. Hindiston
3. Vetnam
O‘zbekiston terma jamoasining jami qo‘lga kiritgan medallari: 13 ta oltin, 13 ta kumush va 14 ta bronza.
Eng yaxshi sportchilar: K Duong (Vetnam) va Anjelin Koloniya (Filippin)
Bellashuvlarda 8 ta Osiyo va 7 ta o‘smirlar jahon rekordi o‘rnatildi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi jamoalarimizning qit’a birinchiligidagi ushbu muvaffaqiyati bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy tabriklaydi.