FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Iyul 2022 2405

Azizjon Kamilov dzyudochilarimiz bilan yaqin rejalar haqida suhbatlashdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoa murabbiylari va sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tgan uchrashuvning asosiy mavzusi avgust oyida terma jamoamizni kutib turgan ikki asosiy musobaqaga tayyorgarlik haqida bo‘ldi. 4-7 avgust kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultan shahri kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilsa, 15-17 avgust kunlari Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslari bo‘lib o‘tadi. Har ikkala musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi.

Ilias Iliadis murabbiyligidagi erkaklar terma jamoasi musobaqalarga Gruziyaning tog‘li Bakuriani shahrida tayyorgarlik ko‘rdi. Marko Shpitka boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz esa ayni paytda Isroilning Tel-Aviv shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Ular bilan ham MOQdagi uchrashuv chog‘ida ZOOM platformasi orqali bog‘lanib, musobaqalarning ahamiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda Azizjon Kamilov har ikkala musobaqa nafaqat O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, balki mamlakatimiz sporti uchun ham o‘ta muhimligini ta’kidlab, jamoamizga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech