FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Iyul 2022 2297

Konya-2021: Sherzod Tashmatov tibbiy yoʻnalish boʻyicha tayyorgarlik bilan tanishdi

9-18-avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtadigan Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston delegatsiyasi ayni paytda barcha jabhalarda katta masshtabda tayyorgarlik olib bormoqda. Bugun MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov Qoʻmita qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari bilan boʻlajak musobaqaga tayyorgarlik jarayoni boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi.

Unda musobaqaga joʻnab ketadigan shifokorlar va ishchi guruh tarkibi yana bir karra koʻrib olindi. Markaz shifokorlari hozirda terma jamoalarimiz musobaqadan avval chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotgani, ularning salomatligi boʻyicha soʻnggi maʼlumotlar qandayligi haqida umumiy hisobot berishdi.

Musobaqaga sanoqli kunlar qolgani bois Sherzod Tashmatov har bir sportchimizning salomatligiga yanada katta eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, suhbat davomida Turkiyada delegatsiyamiz uchun kerak boʻladigan birinchi tibbiy yordam vositalari va boshqa kerakli dorilar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ham fikr almashildi.

Text to speech