25 Iyul 2022 1329

Dunyo birinchiligi jahon rekordi bilan yakunlandi

AQShning Oregon shtati, Yujin shahrida yengil atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida 8 yo‘nalishda g‘oliblar aniqlandi. E’tiborlisi, langarcho‘pga tayanib sakrash dasturida Arman Dyuplantis 6,21 metrga sakrab, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Batafsil:

Langarcho‘pga tayanib sakrash, erkaklar
1. Arman Dyuplantis (Shvetsiya) – 6,21 metr (jahon rekordi)
2. Kristofer Nilsen (AQSh) – 5,94
3. Ernest Yon Obina (Filippin) – 5,94

Uzunlikka sakrash, ayollar
1. Malayka Mixambo (Germaniya) – 7,12
2. Ese Brume (Nigeriya) – 7,02
3. Letitsiya Oro Melo (Braziliya) – 6,89

5000 m, erkaklar
1. Yakob Ingebrigtsen (Norvegiya) – 13.09,24
2. Jeykob Krop (Keniya) – 13.09,98
3. Oskar Chelimo (Uganda) – 13.10,20

800 m, ayollar
1. Ating Mu (AQSh) – 1.56,30
2. Kili Xojkinson (Buyuk Britaniya) – 1.56,38
3. Meri Moraa (Keniya) – 1.56,71

100 m t/o, ayollar
1. Tobi Amusan (Nigeriya) – 12,06
2. Britani Anderson (Yamayka) – 12,23
3. Jasmin Kamacho-Kuinn (Puerto-Riko) – 12,23

O‘n kurash, erkaklar
1. Kevin Mayer (Fransiya) – 8816
2. Pirs Lepaj (Kanada) – 8701
3. Zaxeri Zimek (AQSh) – 8676

4x400 m, erkaklar
1. AQSh – 2.56,17
2. Yamayka – 2.58,58
3. Belgiya – 2.58,72

4x400 m, ayollar
1. AQSh – 3.17,79
2. Yamayka – 3.20,74
3. Buyuk Britaniya – 3.22,64

Text to speech