FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Iyul 2022 2360

RSTIAM mutaxassislari taekvondochilarimizning salomatligini koʻzdan kechirishdi

Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Konya-2021 V Islom birdamligi oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining jismoniy-fiziologik holati, ovqatlanishi va ogʻir yuklamalardan soʻng sportchilar organizmida yuz berayotgan oʻzgarishlarni oʻrganish maqsadida Angren shahrida joylashgan sport bazasiga tashrif buyurdilar.

Markazning sport federatsiyalari bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari Sunnatilla Yulchiyev boshchiligidagi mutaxassislar terma jamoamiz bosh murabbiyi Pavel Xan bilan uchrashib, tayyorgarlik jarayonlari qanday kechayotgani va sportchilarning jismoniy holati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Diyetolog shifokor Antoniy Malkov esa Yangioboddagi sport bazasining oshxonasidagi holatni oʻrganib, sportchilarning ovqatlanish ratsioni bilan bogʻliq tavsiyalarini berdi.

Shundan soʻng, shifokorlar Pavel Xan hamrohligida sportchilar bilan shaxsan uchrashib, mashgʻulot jarayoni va ularning jismoniy holatlari yuzasidan suhbat oʻtkazishdi.

Yakunda bosh murabbiy bilan maslahatlashgan holda taekvondo boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolarini 25-iyul sanasida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tekshiruvdan oʻtkazish kelishib olindi.

Text to speech