Kseniya Gulyamovani tabriklaymiz!
Bugun O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi Bosh kotibi Kseniya Gulyamova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Kseniya Sergeyevna 1983 yil 21 iyul kuni Toshkentda tavallud topgan. Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti hamda Sankt-Peterburgdagi Sharqiy-Yevropa institutini tamomlagan.
Kseniya Gulyamova faoliyatining boshida dastlab PR, keyinchalik IT yo‘nalishlarida ishlagan. 2019 yil 1 aprel sanasidan O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Kseniya Sergeyevna, shuningdek, O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi o‘rinbosari sifatida ham samarali faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Kseniya Sergeyevnani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.