20 Iyul 2022 1644

Panfilova umumiy hisobda kumush medalni qo‘lga kiritdi

“Yunusobod” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillari yangi muvaffaqiyatlarga erishishmoqda. Jamila Panfilova -55 kg vazn toifasida ikki kurash bo‘yicha kumush medal sohibasi bo‘ldi.

Vakilamiz dast ko‘tarish mashqida 86 kg bilan yetakchilik qilgan edi. Biroq siltab ko‘tarish yo‘nalishida unga ozgina omad yetishmadi. Ushbu mashqdagi 98 kg bilan u umumiy hisobda 183 kg natija ko‘rsatdi. Bu esa Panfilovaga ikki kurash bo‘yicha kumush medalni taqdim qildi.

U20 qizlar, -55 kg:
1. Yodsarn Poisian (Tailand) – 184 (81+103) kg
2. Jamina Panfilova (O‘zbekiston) – 183 (85+98) kg
3. Klarisa Juliana (Indoneziya) – 180 (78+102) kg

Text to speech