20 Iyul 2022 1214

Yujin-2022: Sadullayeva beshinchi bo‘lgan kun yakunlari

AQShning Oregon shtati mezbonlik qilayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatinnig navbatdagi kun bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Ma’lum qilganimizdek, unda hamyurtimiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash dasturida beshinchi natijani qayd etdi. Ushbu yo‘nalishda g‘olib avstraliyalik Eleanor Petterson bo‘ldi. Batafsil:

Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Eleanor Petterson (Avstraliya) – 2.02
2. Yaroslava Magichux (Ukraina) – 2.02
3. Yelena Vallortigara (Italiya) – 2.00
4. Irina Gerashenko (Ukraina) – 2.00
5. Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) – 1.96

Disk uloqtirish, erkaklar:
1. Kristyan Chex (Sloveniya) – 71.13 (JCh rekordi)
2. Mikolas Alekna (Litva) – 69.27
3. Andrius Gudzus (Litva) – 67.55

1 500 metr, erkaklar:
1. Jek Uaytman (Buyuk Britaniya) – 3:29:23
2. Jekob Ingebrigtsen (Norvegiya) – 3:29:47
3. Muhammad Kotir (Ispaniya) – 3:29:90

400 metr, to‘siqlar osha (erkaklar):
1. Alison dos Santos (Braziliya) – 46.49 (JCh rekordi)
2. Rai Benjamin (AQSh) – 46.89
3. Trevor Bassitt (AQSh) – 47.39

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-5:
1. AQSh – 6-5-7 – 18
2. Efiopiya – 3-3-0 – 6
3. Keniya – 1-3-2 – 6
4. Yamayka – 1-2-1 – 4
5. Polsha – 1-2-0 – 3

Text to speech