19 Iyul 2022 1243

Yujin-2022: Jahon chempionati ayni qizg‘in pallada

Oregon shtatining sport markazlaridan biri Yujin shahrida (AQSh) yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kun bellashuvlari yakuniga yetdi. Ortda qolgan dasturda ayollar o‘rtasida marafon, uch hatlab sakrash, 1500 metrga yugurish va ko‘pkurash, erkaklar o‘rtasida esa balandlikka sakrash, 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshirildi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Marafon, ayollar:
1. Gotitom Gerbesles (Efiopiya) – 2:18:11 (JCh rekordi)
2. Judit Korir (Keniya) – 2:18:20
3. Lonah Salpeter (Isroil) – 2:20:18

Balandlikka sakrash, erkaklar:
1. Mutaz Barshim (Qatar) – 2.37
2. Sangxyuk Vu (Koreya Respublikasi) – 2.35
3. Andriy Protsenko (Ukraina) – 2.33

Uch hatlab sakrash, ayollar:
1. Yulimar Roxas (Venesuela) – 15.47
2. Shaneyka Rikets (Yamayka) – 14.89
3. Tori Franklin (AQSh) – 14.72

3 000 metrga to‘siqlar osha, erkaklar:
1. Sofyan Al Baqqoli (Marokash) – 8:25.13
2. Lamexa Girma (Efiopiya) – 8:26.01
3. Konselsus Kipruto (Keniya) – 8:27.92

1 500 metr, ayollar:
1. Feys Kipegon (Keniya) – 3:52.96
2. Gudaf Segay (Efiopiya) – 3:54.52
3. Laura Muir (Buyuk Britaniya) – 3:55.28

Ko‘pkurash, ayollar:
1. Nafissatu Tiam (Belgiya) – 6947
2. Anuk Veter (Niderlandiya) – 6867
3. Anna Xoll (AQSh) – 6755

Text to speech