Boks bo‘yicha terma jamoamiz Quvaytga yo‘l oldi
Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida "1-Quvayt xalqaro boks turniri" tashkil etiladi. Musobaqada 20 ga yaqin kuchli mamlakat vakillari asosiy tarkib bilan ishtirok etishadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Bugun Rahmatjon Ro‘zioxunov boshchiligidagi terma jamoamiz Quvayt safariga yo‘l oldi. Bokschilarimiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-52 kg: Abdumajid Mannopov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63 kg: Lazizbek Fattoyev
-69 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91 kg: Diyorbek O‘ralov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Abduvoxid Jalolov.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak turnirda jamoamizga omad va muvaffaqiyat tilab qoladi.