18 Iyul 2022 1182

Yujin-2022: Yamaykalik yuguruvchi qizlar 100 metrda tengsiz

AQShning Yujin shahrida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlari yakuniga yetdi. Unda 7 yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. E’tiborlisi, 100 metrga ayollar o‘rtasidagi yugurish bahsida yamaykalik sprinter qizlar shohsupadagi barcha o‘rinlarni egallashdi. Batafsil:

100 metr, ayollar:
1. Shelli-Enn Freyzer-Prays (Yamayka) – 10.67 (JCh rekordi)
2. Sherika Jekson (Yamayka) – 10.73
3. Eleyn Tompson-Xera (Yamayka) – 10.81

Marafon, erkaklar (42 km, 195 metr):
1. Tola Tamirat (Efiopiya) – 2:05:36 (JCh rekordi)
2. Mosinet Gereme (Efiopiya) – 2:06:44
3. Vashir Abdi (Belgiya) – 2:06:48

110 metr, to‘siqlar osha yugurish. Erkaklar:
1. Grant Xollovey (AQSh) – 13.03
2. Trey Kunningem (AQSh) – 13.08
3. Aser Martines (Ispaniya) – 13.17

Yadro uloqtirish, erkaklar:
1. Rayan Krauzer (AQSh) – 22.94 (JCh rekordi)
2. Jo Kovash (AQSh) – 22.89
3. Josh Avotunde (AQSh) – 22.29

Langarcho‘pga tayanib sakrash, ayollar:
1. Keti Najott (AQSh) – 4.85
2. Sendi Morris (AQSh) – 4.85
3. Nina Kennedi (Avstraliya) – 4.80

10 000 metr, erkaklar:
1. Joshua Cheptegei (Uganda) – 27:27:43
2. Stenley Mburu (Keniya) – 27:27:90
3. Jakop Kiplimo (Uganda) – 27:27:97

Bosqon uloqtirish, ayollar:
1. Bruk Anderson (AQSh) – 78.96
2. Kemrin Rojers (Kanada) – 75.52
3. Jeyni Kassanavoid (AQSh) – 74.86

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-5:
1. AQSh – 6-4-4 – 14
2. Efiopiya – 2-1-0 – 3
3. Polsha – 1-2-0 – 3
4. Xitoy – 1-1-1 – 3
4. Yamayka – 1-1-1 – 3

Text to speech