18 Iyul 2022 1188

Kamol Sirojitdinovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Kamol Komilovich Sirojitdinov 1985 yil 18 iyul kuni tavallud topgan. Ko‘p yillar akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida turli lavozimlarda ishlab, ulkan tajriba to‘pladi. Joriy yildan Qo‘mitamiz qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Markazdagi boshqaruvi davrida sportchilarimizning salomatligini nazorat qilish, tibbiy-biologik ta’minotini yaxshilash, ular uchun katta ko‘lamdagi qulayliklarni yaratish borasida bir qator samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Kamol Sirojitdinovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech