17 Iyul 2022 1108

Yujin-2022: 100 metrga yugurishda amerikaliklar shohsupani to‘la egallashdi

AQShning Oregon shtati, Yujin shahrida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun dasturlari ortda qoldi. Unda erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga kechgan bahs ko‘pchilikning diqqat markazida turdi. E’tiborlisi, unda uchala o‘rin ham mezbonlarga nasib etdi. Bu orqali AQSh umumjamoa hisobida yetakchilikni qo‘lga oldi. Ortda qolgan kun natijalari:

100 m, erkaklar:
1. Fred Kerli (AQSh) – 9,86
2. Marvin Breysi (AQSh) – 9,88
3. Treyvon Bromell (AQSh) – 9,88

Uzunlikka sakrash, erkaklar:
1. Van Szyanan (Xitoy) – 8,36
2. Miltiadis Tentoglu (Gretsiya) – 8,32
3. Simon Exammer (Shveysariya) – 8,16

Yadro uloqtirish, ayollar:
1. Cheyz Ili (AQSh) – 20,49
2. Gun Litszyao (Xitoy) – 20,39
3. Jessika Shilder (Niderlandiya) – 19,77

Bosqon uloqtirish, erkaklar:
1. Faydek Pavel (Polsha) – 81.98
2. Voysex Novitski (Polsha) – 81.03
3. Elvind Xenrikson (Norvegiya) – 80.78

10 000 metr, ayollar:
1. Getesenbet Gidey (Efiopiya) – 30:09:94
2. Xellen Obiri (Keniya) – 30:10:02
3. Margaret Kimkemboi (Keniya) – 30:10:07

Text to speech