17 Iyul 2022 1992

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi start oldi. 21 mamlakatdan tashrif buyurgan polvonlar 25 iyulga qadar Osiyo chempionligi uchun bahs olib borishadi.

Jo‘rabek Zoirov va Nurillo Tog‘ayev murabbiyligidagi jamoamiz ushbu musobaqada deyarli har bir vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi. Bugun o‘smir yigitlar o‘rtasida -49, qizlar toifasida -40 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Soat 16:00 da esa musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak musobaqada yurtdoshlarimizga omad va zafarlar tilab qoladi.

Text to speech