FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Iyul 2022 2266

Mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijlik mutaxassislarga antidoping qoidalari bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi

Poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start olish arafasida. Ushbu qit’a birinchiligida 21 davlatdan, umumiy hisobda 250 dan ortiq polvonlar chempionlik uchun bahs olib borishadi. Sportchilar bilan birga delegatsiya rahbarlari va murabbiylar shtabi ham poytaxtimizda mehmon bo‘lib turishibdi.

Musobaqa doirasida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi vakillari tomonidan xorijlik mutaxassislar va sportchilar uchun “Antidoping qoidabuzarlik turlari va doping nazoratini amalga oshirish tartibi” to‘g‘risida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminar yakunida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi vakillari va tashkiliy qo‘mita mutasaddilari hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda Agentlik xodimlariga mamlakatda halol sport targ‘ibotini amalga oshirishdagi samarali faoliyatlari uchun maxsus sertifikatlar topshirishdi.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati 25 iyulga qadar davom etadi va unda mamlakatimiz sharafini 36 nafar iqtidorli sportchilarimiz himoya qiladi.

Text to speech