Yujin-2022: Birinchi kun natijalari
AQShning Yujin shahrida start olgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kun bellashuvlari yakuniga yetdi. Dastlabki kunda 3 yo‘nalishda medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish, balandlikka sakrash, 100 va 3000 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish; ayollar o‘rtasida esa bosqon uloqtirish, 1500 metrga yugurish, yadro uloqtirish, langcharcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.
Birinchi kunning g‘olib va sovrindorlari:
20 km, sportcha yurish. Ayollar:
1. Kimberli Leon (Peru) – 1:26:58
2. Katarzina Zdziyeblo (Polsha) – 1:27:31
3. Shijiye Siang (Xitoy) – 1:27:56
20 km, sportcha yurish. Erkaklar:
1. Toshikazu Yamanishi (Yaponiya) – 1:19:07
2. Koki Ikeda (Yaponiya) – 1:19:14
3. Perseus Karlstryom (Shvetsiya) – 1:19:18
4x400 metr, aralash estafeta:
1. Dominikan Respublikasi – 3:09.82
2. Niderlandiya – 3:09.90
3. AQSh – 3:10.16
Dastlabki kun yakuni bo‘yicha qiziqarli faktlar:
Peru o‘z tarixida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatlarida ilk bor medal oldi;
Birinchi kun dasturida 2 ta medalga sazovor bo‘lgan Yaponiya terma jamoasi kutilmaganda umumiy hisobdagi peshqadamlikni qo‘lga oldi;
Yaponiya 2013 yildan beri sportcha yurish dasturida har jahon chempionatida medal qo‘lga kiritmoqda;
4x400 aralash estafetadagi bronza medali bilan Ellison Feliks ushbu sport turida jahon chempionatlaridagi eng sovrindor atlet unvonini yanada mustahkamladi. Endi uning hisobida dunyo birinchiliklarining 13 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza medallari mavjud.